
Maktabnining Davlat va huquq asoslari va tarbiya fani o’qituvchisi Xudayberganov Sarvar sinfdan tashqari ishlari, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish va ijodiy faoliyatlarini rivojlantirish borasida qo’shimcha mashg’ulotlar olib bordi.
Davlat va huquq asoslari fani bo`yicha “Yosh huquqshunos” to`garagi tashkil qilingan va unda o`quvchilar faol qatnashib kelishmoqda. Iqtidorli o`quvchilar uchun alohida mashg`ulotlar tashkil qilingan unda o`quvchi doimiy shug’ullanib kelmoqda. Hozirgi kunda bu o`quvchilar Huquq fanini yaxshi o’zlashtirishi bilan bir qatorda , huquqiy ong va huquqiy madaniyati ham yuksalmoqda
8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag’ishlangan “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” nomli tadbirda o’quvchilar juda yaxshi qatnashdilar .Ular Konstitutsiyaga oid she’rlar,sahna ko’rinishlari va kuy qo’shiqlarni ijro etdilar. Tadbir o’qituvchilar va o’quvchilarga manzur bo’ldi.
Iqtidorli va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o’quvchilar bilan qo‘shimcha mashg’ulotlar olib bordi. Jumladan, o’qituvchi ma’naviy va madaniy mavzudagi “Jaholatga qarshi ma’rifat “ nomli tadbir o‘tkazdi.Tadbir o’qituvchilar va o’quvchilar tomonidan yuksak baholandi .


